Uzunda “Sayxunobod tajribasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning bugungi hududlarga tashrifi Uzun tumanida boshlandi. Tashrif davomida mahallalarda “Sayxunobod tajribasi” asosida ishlarning tashkil qilinishi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarida ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.

Dastlab, Sport maktabida sport turlari hamda parasport bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalariga start berildi. Viloyat rahbari sportchilar bilan uchrashib, ularga musobaqalarda omadlar tiladi.

Shundan so‘ng, tumanning “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mahalla ko‘chalari bo‘ylab, voish usulida uzum yetishtirish hamda o‘rdak boqish yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi qayd etilib, tajribani omallashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mahallada “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi orqali 16 nafar fuqaroga 350 mln so‘m, Prezidentimizning “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 5 nafar fuqaroga 500 mln so‘mlik kredit paketlari ajratilib, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, tikuvchilik kabi loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat rahbari keyingi manzilda 72-sonli oilaviy poliklinikada aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish ishlari bilan tanishdi. Tibbiyot maskanida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Patronaj hamshiralarining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida elektroskuter va planshetlar hamda poliklinika uchun tibbiy asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Tumanga tashrif yakunida viloyat rahbari 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga hunar o‘rgatish jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, payvandlash va chilangarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarning borishi ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda maktabda 454 nafar o‘quvchi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda. Viloyat rahbari har-bir o‘quvchi kamida bitta kasb-hunarni puxta egallashi lozimligini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, Namozgoh mahallasi hududidagi 52 gektar maydonda amalga oshiriladigan loyihalar, shuningdek, “Avtomol” savdo majmuasi va energiya tejamkor zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar hamda Buyuk kelajak mahallasi hududida kutubxona qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.