Geologiya yo‘nalishi va sanoat zonasidagi loyihalar samaradorligi muhokama qilindi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik texnologiya instituti binosida vohamizda geologiya yo‘nalishida tashabbuskorlarga berilgan karerlar hamda mavjud noruda qazilmalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Viloyat rahbari qator karer va noruda qazilma ob’ektlaridan umuman samarasiz foydalanilganligini, ayrimlaridan faqatgina xom ashyo olish bilan cheklanilganligini tanqid qildi. Mas’ullarga geologiya yo‘nalishida tashabbuskorlarga berilgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, qaror talablariga zid ravishda samarasiz foydalanilayotgan yoki umuman foydalanilmayotganlarini aniqlab, sud tartibida qaytarish choralarini ko‘rish vazifasi yuklandi.
Davlat zaxirasiga qaytarilgan, xalqning umummilliy boyligi bo‘lgan karer va kazilma obyektlarini ochiq auksion savdolari orqali salohiyatli tadbirkorlarga bergan holda, yangi, daromadli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mutasaddilar va tijorat banklari rahbarlariga lotlarda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun kredit mablag‘lari ajratish, ishlarni jadallashtirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali ishlab chiqarish hajmi hamda ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz