Angor tumanida charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda
Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 10 may kuni mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida charm sanoatini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, “Bahor” charmga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Mas’ullarga ishlab chiqilgan loyihani takomillashtirish, tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda puxta ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida tumanlarda charm sanoati yo‘nalishida shakllantirilgan loyihalar taqdimoti bilan ham tanishildi. Tashabbuskorlarga loyihalar bo‘yicha tavsiyalar berilib, mas’ullarga uni amalga oshirish uchun ko‘mak ko‘rsatish, charm sanoatida vohaning mavjud imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha yangi tashabbuslarni aniqlash topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz