Muzrabotda mehmonxona qurilishi, aholi bandligi hamda qishloq xo‘jaligidagi ishlar o‘rganildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar hamda aholi turmush darajasi bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab, tumanning “Muzrabot darvoza” mahallasi hududidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘yida qurilayotgan mehmonxona loyihasi bilan tanishildi. Viloyat rahbari qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, hududda aholi dam olishi, turistlar tashrifini ko‘paytirish maqsadida turizm kompleksi tashkil etish loyihasini ishlab chiqish lozimligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Sopollitepa” madaniy meros ob’ektida bo‘lib, yodgorlik hududini moviy osmon ostidagi muzeyga aylantirish, tarixini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borish bo‘yicha tarixchi olimlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga olimlar, tarixchilarning taklif va tavsiyalarini inobatga olgan holda loyihalarni ishlab chiqish topshirildi.
Viloyat rahbari tumanning Xalq yo‘li mahallasida ham bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyati, kelgusidagi rejalari xususida axborotlarini tingladi. Mahalla bo‘ylab yurilib, aholi xonadonlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Tuman rahbarlariga mahallada ishlarni namunali tashkil etish, aholini tadbirkorlik, tomorqadan samarali foydalanish, shuningdek, chorvachilik va parrandachilikka o‘rgatish vazifalari qo‘yildi.
Tumanga tashrif davomida qishloq xo‘jaligi, xususan, g‘o‘za parvarishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Qator oralariga ishlov berish, yagonalash ishlarini yakunlash, o‘g‘itlash tadbirlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz