Qurilish sohasidagi ishlar o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanidan boshladi. Dastlab, “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar qurilishi, yaratilayotgan infratuzilmalar, yozgi dam olish va bolalar maydonchalari hamda yashil hududlarni barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, M-41 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab hamda tumandagi markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlarining holati o‘rganildi.

Viloyat rahbari ishlar talab darajasida emasligi, turar joylar oldida yozgi dam olish va bolalar maydonchalari tashkil etilmaganligini tanqid qildi. Mutasaddilarga bugunning o‘zida ishlarni jadallashtirish, tumanda obodonlashtirish ishlari amalga oshirish bo‘yicha taqdimot qilish vazifasi topshirildi. Kuning ikkinchi yarmida topshiriqlar ijrosi qayta o‘rganiladi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi markaziy ko‘chalar bo‘ylab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Xususan, Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi ko‘zdan kechirildi.

Shahar mutasaddilari va obodonlashtirish sohasi mas’ullariga ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.