Oltinsoyda topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Viloyatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Oltinsoy tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Xususan, "A.Bo‘taev" mahallasida Prezidentning «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan ajratilgan 100 mln so‘m kredit mablag‘i evaziga "Oltinsoy xonadonbay kooperatsiyasi" MChJ tomonidan ishga tushirilgan to‘qilgan mebel ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi.

Shundan so‘ng, To‘xtamish mahallasida "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar xonadonlarga kirilgan holda o‘rganildi. Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha aholi tajribasi ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tumandagi "Murop" va "Vaxshivor" bolalar oromgohida ham bo‘lishib, yozgi sog‘lomlashtirish va dam olish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishishdi. Oromgohlar mas’ullariga bolalarning yozgi sog‘lomlashtirish va dam olish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish hamda zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, FVDqT ishtirokida sel-suv toshqinlariga qarshi kurash bo‘yicha maxsus o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda sel yo‘llari o‘zanlarini tozalash, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Tumanga tashrif yakunida Bo‘ston mahallasining Bo‘ston ko‘chasida voish usulida uzum yetishtirish borasida qilingan ishlar bilan ham tanishildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.