Bandixonda kichik sanoat zonasidagi loyihalarga start berildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda o‘rganish ishlarini kunning ikkinchi yarmida Bandixon tumanida davom ettirib, “Bandixon agroklaster” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan sun’iy tola aralashmali ip kalava ishlab chiqarish loyihasi qurilishi va uskunalarning o‘rnatilishi bilan tanishdi.
Loyiha tashabbuskorlari tomonidan korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar turlari hamda yaratiladigan ish o‘rinlari yuzasidan axborot berildi.
Shundan so‘ng, 27 gektarlik maydonda tashkil etilayotgan “Bektepa-3” kichik sanoat zonasi kompleksidagi loyihalar taqdimot qilindi hamda dastlabki loyiha qurilishiga start berildi. Sanoat zonasidagi barcha lotlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, qisqa muddatda ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, lotlardagi loyihalarni moliyalashtirish, kredit mablag‘lari ajratish bo‘yicha tijorat banklari va tegishli mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, berilgan topshiriqlar ijrosini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.
Viloyat rahbari Bektepa mahallasiga tashrifini davom ettirib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish hamda Prezidentimizning «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ishga tushirish orqali ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga tegishli vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Hududlarga tashrifi yakunida Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlarining borishi bilan tanishildi. Rivojdan orqada qolayotgan, og‘ir dalalarda ishlarni jadallashtirish, mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish topshirildi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar ogohlantirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz