Surxondaryoda g‘alla o‘rimi boshlandi

Bugundan Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Xususan, Muzrabot tumanida o‘rim-yig‘im ishlariga kirishildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida "Muzrabot indenim klaster" MChJning g‘alla maydonida o‘rim-yig‘im jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

Viloyat rahbari kombaynda yurib, g‘alla o‘rimi va hosildorligini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida tuman sektor rahbarlari, otyardlar, fermer xo‘jaliklari vakillari, kombayn haydovchilari, xo‘jalik ishchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Vohamizda, 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydondagi g‘alla hosilini nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilib, 277 ta kombayn, 1 387 ta tashish texnikasi, 62 ta traktor tirkamalari, 129 ta ko‘chma ustaxona 80 ta yoqilg‘i tashish vositalari biriktirilgan.

Viloyat rahbari Qiziriq tumanida ham bo‘lib, g‘o‘za parvarishi hamda pilla hosilini qabul shahobchalariga topshirish jarayonlari bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida rivojdan orqada qolayotgan maydonlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullar ogohlanlantirildi hamda tegishli vazifalar belgilab berildi.

Pillakorlar bilan uchrashuv davomida belgilangan rejani bajarishda faollik ko‘rsatayotgan pudratchilarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.