Termiz shahrida korxonalar faoliyati hamda ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi
Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Xususan, “Shodlik” mahallasida xorijiy investor «Afghan-German tdted» kompaniyasi tomonidan qurilgan ko‘p qavatli turar joylarda tashkil etilgan va 500 ming dollar qiymatdagi zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan sog‘lomlashtirish markazi faoliyati bilan tanishildi. Umumiy qiymati 4 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 112 ta xonadon, 43 ta do‘kon hamda zamonaviy sog‘lomlashtirish markazi qurib bitkazilgan.
Keyingi manzilda viloyat hokimi “Saidjon Muhammadjon muzqaymoqlari” MChJning sutni qayta ishlash va muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona 2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 50 turdagi 1,2 ming tonna muzqaymoq hamda 6 ming tonna sutni qayta ishlash orqali 20 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada 50 ta doimiy, 200 ga yaqin mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan. Viloyat rahbari muzqaymoq ishlab chiqarish, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng, Jo‘yjangal mahallasidagi xonadonlarda “Sayxunobod” tajribasi asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, aholi bilan suhbat qilindi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan imtiyozli shartlarda ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz