Termiz tumanida “Sayxunobod” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, Namuna mahallasida “Termez water” MChJning ichimlik suvlarini qadoqlash sexi faoliyati bilan tanishildi. Loyiha uchun Prezidentimizning “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 100 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilgan.

Viloyat rahbari ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berdi. Mutasaddilarga tadbirkor faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash topshirildi.

Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi Hakim bobo Qosimov hamda Qudratilla Tolipovlarning xonadonlarida ham bo‘lindi. Ushbu xonadonlarda “Sayxunobod” tajribasi asosida hudud rahbarlari va biriktirilgan tijorat banklari ko‘magida issiqxonachilik, limonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va parrandachilik yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat rahbari bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish borasidagi hudud tajribasini ommalashtirishni topshirdi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.