Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor majlisi o‘tkazildi
Bugun viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Parlament nazorati doirasida Senat ishchi guruhining Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.
Unda Senatning qo‘mita raislari, Senat raisi kotibiyat mudiri va mas’ullari, hududdan saylangan senatorlar, viloyat Kengashi deputatlari, sektor rahbari, viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar studiyalarida mutasaddilar, shuningdek, o‘rganish natijalariga aloqador mas’ul vazirlik va idoralarning rahbarlari Vazirlar Mahkamasi studiyasidan videokonferensaloqa shaklida ishtirok etishdi.
Muhokama avvalida 2017-2023-yillarda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 ta va Vazirlar Mahkamasining 23 ta qarori qabul qilingan. Ushbu viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi amaliy choralar natijasida yalpi hududiy mahsulot hajmi – 1,3 barobarga, sanoat ishlab chiqarish – 1,5 barobar, qurilish ishlari – 4 barobar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 1,2 barobar, qurilish ishlari – 2,1 barobar va bozor xizmatlari – 2,0 barobarga oshganligi qayd etildi.
Shu bilan birga ayrim soha va tarmoqlarda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlandi. Bu borada vazirlik va idoralar hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari axborot berishdi.
Muhokama yakunida o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, vohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz