Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar hamda qurilish sohasidagi loyihalar bilan tanishildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mobil operatorlarning faoliyati bilan tanishish maqsadida “UMS” MChJning Termiz shahridagi savdo ofisiga tashrif buyurdi.
Soha mutasaddilari viloyat hududini sifatli mobil aloqa va internet qamrovi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdi hamda taqdimotlar bilan tanishtirishdi. Vohamizning barcha hududi, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini to‘liq mobil aloqa va internet qamrovi bilan ta’minlash, iste’molchilarning talablaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasida qad rostlayotgan “IT park” va “IT academiyasi” filiali binosining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga majmuani zamonaviy ko‘rinishga keltirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, 12-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati, Shodlik mahallasida renovatsiya asosida ko‘p qavatli turar-joylar hamda “Alpomish” sport majmuasida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishildi. Viloyat rahbari quruvchi va mas’ullarga loyihalarni sifatli amalga oshirish, xususan, yangi yilgacha turar joylar qurilishini yakunlab, xonadonlarni o‘z egalariga topshirish vazifasini yukladi.
Hududlarga tashrif Angor tumanida davom etib, Sharq guli mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda hududdagi yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishildi. Mutasaddilar, quruvchi va yo‘lsozlarga ishlarni jadallashtirish, qurilish normalariga to‘liq rioya qilinishi ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Prezidentimizning «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan “Yangi O‘zbekiston” massividagi 5 ta xonadon uy-joyga muhtoj va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga topshirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur xonadonlarni xarid qilish uchun mablag‘ mablag‘ respublika budjetidan ajratilgan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz