Tibbiyot maskanlari faoliyati hamda maktab sharoitlari bilan tanishildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz tumani va Termiz shahridagi tibbiyot muassasalari hamda umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Dastlab, Termiz tumani hududida joylashgan viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. 450 o‘rinli shifoxonada bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalarning jihozlanishi, hududning obodonlashtirilishi holati o‘rganildi.
Ruhiy holati yaxshilangan bemorlar bilan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda shifokorlarning g‘amxo‘rligi haqida suhbat qilindi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda ham bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda hududlardan chaqiriqlarni qabul qilish va tez tibbiy yordam brigadalarini yuborish tizimida ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Viloyat rahbari avvalgi tashriflaridagi topshirig‘iga asosan chaqiriqlarni raqamlashtirish, tirbandliklarda tezkor harakat qilish uchun topshirilgan elektroskuterlarning samaradorligi yuzasidan mutasaddilarning axborotini tingladi. Tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, chaqiriqlarga tezkor yetib borish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Termiz shahridagi 7-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, ishlarni jadallashtirish, binoni joriy ta’mirlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish vazifalari topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz