Viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Viloyatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya instituti binosida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

“Hokim va yoshlar uchrashuvi”da 100 dan ortiq yoshlar o‘zlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etishdi. Xususan, uchrashuvda bildirilgan takliflarga asosan joriy yil sentabr oyida notiqlik va kitobxonlik san’ati bo‘yicha yirik seminar tashkil etish belgilandi. Shuningdek, yoshlar o‘z yashash hududlaridagi maktab va sport o‘yingohlarini ta’mirlash, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari o‘tkazish masalalarida murojaat qilishdi. 

Bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar hal etilishi belgilandi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.