Jarqo‘rg‘onda sanoat korxonalari faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyihalar hamda istiqbolli tashabbuslar taqdimotlari bilan tanishdi.

Tashrifning birinchi manzilida “Doktor-Maxmud med” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan xususiy klinikada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bilan tanishildi. Qiymati 3 mlrd so‘m bo‘lgan klinika 10 ming qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, ishga tushgach 18 ta ish o‘rni yaratiladi.

Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda mavjud muammolarni tinglab, zamonaviy tibbiy jihozlar xaridi uchun kredit ajratish hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yukladi.

Shundan so‘ng, "Janub meva sabzavot eksport" MChJning qiymati 80 mlrd so‘mlik yuk tashish texnika xizmatini tashkil etish loyihasi faoliyati bilan tanishildi. Korxonada 100 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, yiliga 54 mlrd so‘mlik yuk tashish texnikalari xizmati ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, shu yerning o‘zida tadbirkorning umumiy qiymati 9 mlrd so‘mlik uch yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Keyingi manzilda “Surxonsement invest” MChJ xorijiy korxonasida sement va boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, avvalgi tashriflarda korxona faoliyatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishuv davomida mas’ullar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berishdi.

Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida “Petromaruz Uzbekistan” MChJ xorijiy korxonasining neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodi faoliyati bilan ham tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Loyihaga 2019-2038 yillar davomida 145,5 mln dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lib, viloyat rahbariga amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar turlari, burg‘ulash ishlari olib borilayotgan quduqlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlarni qayta ishlash rejalari yuzasidan taqdimot qilindi.

Mutasaddilar hamda tadbirkorlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish ishlarini izchil davom ettirish vazifalari belgilab berildi.

Tashrif yakunida viloyat rahbari “Bunyodkor fidokor quruvchi servis" MChJning isitish kotyollari, MDF eshik romlari va yumshoq mebellar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan tashqi fasad materiallari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga keyingi hafta quruvchilar va soha mas’ullari bilan o‘tkaziladigan seminarda tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning taqdimotini tashkil etish topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.