Navbatdagi onlayn qabulda 127 nafar fuqaroning murojaati tinglandi

Fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlarining shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.

Viloyat rahbari Muzrabot tumani hokimligi studiyasi orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlari mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Qabul davomida qator murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan sohalar va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlariga aniq muddatlar bilan ijroga yo‘naltirildi.

Viloyat rahbari mutasaddilardan har bir murojaat ortida fuqaroning umidi, davlatga bo‘lgan ishonchi turganligini his qilgan holda ijrosiga mas’uliyat bilan yondoshishni so‘radi hamda barcha murojaat ijrosi shaxsan nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.