Oltinsoyda ishlab chiqarish korxonalari va yoshlar innovatsion zonasi faoliyati bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, ishlab chiqarish korxonalari, parrandachilik fabrikasi hamda yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularda yaratilgan ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Xususan, dastlab viloyat rahbari tumanning Oqarbuloq mahallasida joylashgan “Oltinsoy yangi taraqqiyot” MChJning mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etuvchi korxonada 15 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Yiliga 1,2 mingta mebel mahsulotlari ishlab chiqariladi. Viloyat rahbari ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishdi. Shuningdek, loyihani kengaytirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Korxona faoliyatini kengaytirishda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 
 
 

Shundan so‘ng, “Seeven planeet” MChJning parrandachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi. Kompleksda 20 ming bosh parranda parvarish qilinadi va tuxum hamda tovuq go‘shti yetishtiriladi. Hozirda bu yerda 20 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilishadi. Viloyat rahbari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim tarmoq bo‘lgan parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha qator imtiyozlar berilayotganligini qayd etib, korxona faoliyatini kengaytirish hamda ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha o‘zining tavsiya va takliflarini berdi. Tadbirkorga bu borada yaqindan ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi.

 
 
 

Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi”da oliygohlar bilan tashkil etilgan ishlab chiqarish loyihalari bilan ham tanishdi. Xususan, Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oltinsoy avto buyoqlari” MChJning polisulfid polimer bo‘yoqlar, "Oltinsoy bazalt quvur" MChJning bazalt mineralidan kompaundlar va "HYDRO GEL" MChJning bioparchalanuvchan gidrogellar ishlab chiqarish hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Xisori mayn jun” MChJning mayin jun olish korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Tashabbuskorlar o‘z faoliyatlari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari haqida axborot berishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar ko‘zdan kechirilib, oliygohlar va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, talabalarning bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotlarini tashkil etish vazifalari belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.