Prezident topshirig‘i – amalda: Qishloq mahallalarida BSKlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yil 10 iyun kuni Prezidentimiz huzurida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator topshiriqlar, jumladan, qishloq mahallalarida ham boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish vazifasi belgilab berilgan edi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlarga asosan vohamizning har bir hududidan tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish, tumanlarda energiya tejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylar massivlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.
Dastlab, Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini bunyod etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Hudud rahbarlari, soha mutasaddilari hamda pudratchilarning olib borilayotgan ishlar hamda oldingi tashriflarda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Angor tumaniga tashrif buyurib, 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish, “Yangi O‘zbekiston” massivi hamda unga tutash hududda renovatsiya asosida turar joylar qurilishini ko‘zdan kechirdi. Tumanning og‘ir hududi sifatida tanlab olingan Yuqori xo‘jaqiya mahallasida yangidan tashkil etilgan BSK faoliyati bilan tanishildi. Shu yerning o‘zida elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutasaddilarining energotejamkorlik masalasida olib borayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi.
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida ham bo‘lib, Qorayontoq mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi turar joylar qurilishi, shuningdek, shu mahallaning o‘zida tashkil etilgan “Yangi yoshlar massivi” BSK faoliyati bilan tanishdi. BSK faoliyatini kengaytirish, jumladan, avtomobil va gilam yuvish xizmatlari nuqtalarini tashkil etish orqali yangi ish o‘rilarini yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarga tashrif yakunida viloyat rahbari Denov tumanida ham bo‘lib, eski bozor o‘rnida “Denov MOL savdo markazi”ni qurish bo‘yicha xorijiy investorlarning taqdimotlari hamda yangi bozor tashkil etish loyihalari bilan tanishdi. Loyihalar taqdimoti yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz