Boysunda ishlab chiqarish va sanoat zonasi loyihalari bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi Boysun tumanida davom etdi. Viloyat rahbari kosmetika va dori mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.

Dastlab, “Generation pharma services” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan qo‘y junidan lanolin substansiyasi ajratib olish loyihasi bilan tanishildi. Qiymati 2,5 mln dollar bo‘lgan ushbu loyihaga 2,3 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilingan. Yiliga 1,2 ming tonna qo‘y junini qayta ishlab, 84 tonna lanolin ishlab chiqaruvchi korxonada 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, korxona tomonidan yana bir loyiha taqdimot qilindi. Loyihaning qiymati 3 mln dollar bo‘lib, uning barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi. Viloyat rahbari loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi, xomashyo uchun dorivor o‘simliklar shu yerning o‘zida yetishtirilishi mahsulotning tannarxi arzon bo‘lishini ta’minlashini qayd etdi.

Shundan so‘ng, tumanning Inkabod mahallasida tashkil etilayotgan qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Loyihaing borishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Umumiy maydoni 11 gektar bo‘lgan, 18 ta loyiha amalga oshiriluvchi sanoat zonasida 230 ta ish o‘rni yaratiladi. Viloyat rahbari ishlarni jadallashtirish, loyihalarni muddatida ishga tushirish vazifasini topshirdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://penggaronlor.semarangkota.go.id/img/sgacor/https://jomblang.semarangkota.go.id/js/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/