Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanida qurilish sohasidagi ishlar o‘rganildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanidagi qator obyektlar hamda taqdimotlar bilan tanishdi. Dastlab, Termiz shahri Manguzar mahallasida mukammal ta’mirdan chiqarilayotgan 20-sonli maktabda qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Maktabni sifatli va o‘z vaqtida ta’mirlanishini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar yakunlab, foydalanishga topshirish lozimligi qayd etildi.
Shundan so‘ng, Bog‘ishamol mahallasida namunali tarzda tashkil etilgan zamonaviy chiqindi yig‘ish punkti faoliyati bilan tanishildi. Chiqindilarni turiga qarab saralagan holda yig‘ish uchun alohida konteynerlar tashkil etilgan hamda punkt yetarli sharoitlar bilan ta’minlangan. Viloyat rahbari ushbu tajriba asosida boshqa hududlarda ham zamonaviy chiqindi yig‘ish punktlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi.
Mutasaddilarga aholining chiqindi topshirishdan manfaatdorligi hamda o‘zi yashayotgan hudud tozaligiga daxldorligini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borish vazifasi yuklandi.
Termiz shahridagi o‘rganishlar davomida At-Termiziy shoh ko‘chasining 2,7 km qismini to‘liq ta’mirlash, zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihasi taqdimoti bilan ham tanishildi. Mas’ullar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha, xususan, yo‘l bo‘ylab ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘ini ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish hamda boshqa obyektlarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuzasidan axborot berdi. Viloyat rahbari loyihani tizimli amalga oshirish, eski quvurlarni olib chiqish, yangi yo‘lning sifatli qurilishi va uzoq muddat aholiga xizmat qilishiga e’tibor qaratishga chaqirdi. Bu borada nazorat ishlarini olib borish topshirildi.
Shuningdek, 300 o‘rinli tibbiyot klasterini tashkil etish ishlarining borishi ham ko‘zdan kechirildi. Avvalgi tashriflarda hudud infratuzilmasi va obodonlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqdar ijrosi o‘rganildi.
Shahar bo‘ylab o‘rganish ishlari yakunida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Temir yo‘lchi mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi hamda hududlarda tanlab olingan 15 ta mahallada ishlarni yakunlab, foydalanishga topshirish tadbiri onlayn o‘tkazildi. Shuningdek, mahalada tashkil etilgan boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishildi. Hududlardagi mahallalarda tashkil etilgan BSKlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sektor rahbarlariga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Viloyat rahbari o‘rganish ishlarini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, avtoshohbekatda yangidan yo‘lga qo‘yilayotgan 2 ta ichki va 1 ta tumanlararo avtobus yo‘nalishlari taqdimoti bilan tanishdi. Ushbu yo‘nalishlarni tashkil etish uchun 14 ta yangi avtobus keltirilgan bo‘lib, ichki yo‘nalishlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida 10 ta mahalla aholisi, 10 ta maktab va 28 ta bog‘cha uchun jamoat transporti xizmati yaxshilanadi.
Tumanga tashrif yakunida Qorayontoq mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarni obodonlashtirish, massivga boruvchi yo‘lni ta’mirlash tadbirlari bilan tanishildi hamda tegishli vazifalar belgilab berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz