Sho‘rchida aholi bandligini ta’minlash loyihalari bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida bo‘lib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.
Dastlab, tumanning Ko‘klam mahallasida “Sho‘rchi grand mebel” MChJ tomonidan mebel va eshik romlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkor ishlab chiqarish jarayonlari hamda faoliyatini kengaytirish bo‘yicha loyiha taqdimotlari bilan tanishtirdi. Viloyat rahbari tadbirkorga o‘zining zarur tavsiyalarini berdi. Shu yerning o‘zida tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Mutasaddilarga istiqbolli loyihalarni tanlab olish, ish o‘rinlari yaratilishiga e’tibor qaratish hamda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘mak ko‘rsatish vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng, Ishga marhamat monomarkazining Sho‘rchi tumani filialining ochilish tadbiri o‘tkazildi. Markazning umumiy quvvati 240 o‘rinli bo‘lib, aholining ishsiz qatlamini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini olib boradi. Viloyat rahbari monomarkaz filialida faoliyat yuritayotgan kurslar, jumladan, tikuvchilik, duradgorlik, milliy cholg‘u asboblari ishlab chiqarish hamda “IT” to‘garaklarda mashg‘ulotlar jarayonlari bilan tanishib, ishtirokchilar bilan suhbatlashdi.
Xususan, “IT” kurslari faoliyatini rivojlantirish, maktablardagi iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportini yo‘lga qo‘yib, yoshlarni sohada daromad topishga o‘rgatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Keyingi manzilda Sovjironbobo mahallasida yog‘och yashiklar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, xotin-qizlarning bandligini ta’minlagan tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishdi. Viloyat rahbari mas’ullarga loyihani kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish uchun zarur ko‘maklarni ko‘rsatish vazifasini topshirdi. Shuningdek, yana bir tadbirkor tomonidan yo‘lga qo‘yilgan turli bruschatka va plitkalar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi.
Tashrif yakunida tumanning Ko‘klam mahallasida boquvchisi bo‘lmagan yozg‘iz ayol Zulfiya Sodiqova xonadonida bo‘lib, oilaviy sharoitlarini o‘rgandi. Mas’ullarga oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlab berish vazifalari yuklandi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz