Hududlarda g‘o‘za parvarishi va paxta hosilini yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga biriktirilgan Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qilish, g‘o‘za parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar hamda yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlariga tashrif buyurdi.

Har bir tumanda klaster va fermer xo‘jaliklari dalalarida g‘o‘za hosildorligi, ayni issiq kunlarda hosilni saqlab qolish, o‘g‘itlash va sug‘orish hamda yig‘im terimga tayyorlash borasidagi agrotexnik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Hududlar rahbarlari, soha mutasaddilariga klaster va fermer xo‘jaliklari bilan ishlab, dalalarda ishlarni jadallashtirish, agrotexnik tadbirlar, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlarini muddatida bajarish yuzasidan vazifalar topshirildi.

Shuningdek, issiqni issiq demay, tunu-kun dalada mehnat qilib, g‘o‘za parvarishida jonbozlik ko‘rsatayotgan mexanizatorlarga sovg‘alar topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.