Bayramga tayyorgarlik jarayonlari va mahallalarda topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida joylashgan “San’at saroyi” majmuasining yozgi amfiteatr maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami dasturlariga tayyorgarlik jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

Eng ulug‘ va eng aziz bayramni yuksak saviyada kutib olish uchun hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgan bo‘lib, amfiteatrda viloyatning asosiy bayram dasturi o‘tkaziladigan maydonni bezatish hamda konsert dasturi loyihalari ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari bu yilgi bayram har yilgidanda yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, maydonning bezatilishi, konsert dasturining mazmunli bo‘lishini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrining Jayxun mahallasida topshiriqlar ijrosi, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Ayrim ko‘chalarda yetarlicha tartib o‘rnatilmaganligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishiga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, ushbu mahalla hududida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati, bolalarni sog‘lom ovqatlantirish holati o‘rganildi.

Viloyat rahbari mahallani obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, bog‘chada oziq-ovqatlarning to‘liq ta’minoti bo‘lishi hamda barcha bog‘chalarda tarbiyalanuvchilarga ratsion asosida berilishini ishchi guruhi tuzgan holda o‘rganish topshirig‘i berildi.

Shahar hududidagi o‘rganishlar davomida “Abdulla Avloniy” mahallasida ham topshiriqlar ijrosi o‘rganildi. Bu yerda ham mas’ullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.