Termiz tumani va Termiz shahrida qurilish loyihalari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hafta avvalida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, turar joylar va ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi hamda topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Termiz tumani va Termiz shahridagi qator manzillarga tashrif buyurdi.

Dastlab, Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududida 28,5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, 3 500 o‘rinli amfiteatr hamda 1 500 o‘rinli universitet binolari qurilishi bilan tanishildi. Loyiha doirasidagi ishlarning borishi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Qurilish ishlarini muddatida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga yangi vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, tuman markazida joylashgan “Uchqizil” suv ombori bo‘yida “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechrildi.

Viloyat rahbari qurilish sohasidagi o‘rganishlarini Termiz shahrida davom ettirar ekan, dastlab, Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlarini tingladi. Shu yerning o‘zida yo‘lsozlarga maxsus texnikalar va yuk tashish transportlari topshirildi.

Keyingi manzilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishildi. Xususan, viloyat rahbari joriy yil 9 avgust kuni 11-sonli bog‘chaga tashrifida oshxonani ta’mirlash hamda bolalarning sog‘lom ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratish borasida bergan topshiriqlarini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda ta’mirlash ishlarini jadallashtirish vazifasi topshirildi.

O‘rganish ishlari yakunida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi binosini ta’mirlash jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda pardozlash, tashqi fasadlarni bo‘yash ishlari olib borilayotgan binoni belgilangan muddatda foylanishga topshirishga tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.