Termiz shahrida maktab va bog‘chadagi sharoitlar bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan “Ustozlar milliy forumi” tadbirlaridan so‘ng Termiz shahridagi 3-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, sinf xonalarining jihozlanishi bilan tanishdi.
Maktab viloyatimizdagi eng ilg‘or ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, ta’lim sifati bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlarida yuqori natijalarni qayd etgan. Viloyat rahbari sharoitlar bilan tanishuv davomida o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi hamda laboratoriya xonalarida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, reaktivlarda olib boriladigan tajriba-sinov jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Maktab jamoasiga samarali mehnat hamda yangi o‘quv yili uchun ko‘rilgan hozirlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng, viloyati rahbari “Lider Nur” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda tarbiyalanuvlar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bog‘cha faoliyati, ayniqsa sport to‘garaklari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.
Shuningdek, ushbu binoning yerto‘lasida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Umumiy 6 ta ish o‘rni yaratilgan loyiha doirasida 2 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlangan. Viloyat rahbari tadbirkorning loyihalarini e’tirof etib, faoliyatini kengaytirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarini berdi hamda buning uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidladi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz