Surxondaryo viloyatidagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi
Bugun Surxondaryo viloyatidagi maktablarning barchasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, tashkilot, idora va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etib, o‘quvchilarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.
Xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanidagi 39-sonli maktabda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini “Bilimlar kuni” – yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi shodiyonalari bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 94 nafar 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi. Maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi berildi.
Ma’lumot uchun, 2024-2025-o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 548 ming nafar bo‘lib, ularning 58 700 nafari 1-sinfga qabul qilingan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz