Jarqo‘rg‘onda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tumanning Qorayontoq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, dastlab, hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida faoliyatini kengaytirgan tadbirkorlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Viloyat rahbari ko‘rgazmadan so‘ng, shu yerning o‘zida Termiz davlat universiteti tomonidan jahon tajribasini o‘rgangan holda kambag‘allikni qisqartirish borasida Surxondaryo tajribasini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadalarini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taqdimotlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, sinov tariqasida ishlarni boshlash vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng, Qorayontoq mahallasidagi ishsiz fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun subsidiya asosida asbob-uskuna va jihozlar hamda motorollerlar topshirildi.
Tashrif so‘ngida viloyat rahbari mahallada ijtimoiy ahvoli og‘ir toifa sifatida tanlab olingan oilalar xonadonlarida bo‘lib, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu borada mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Fuqarolar bilan suhbatda zarur ko‘maklar ko‘rsatilishi, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun chora-tadbirlar amalga oshirilishi bildirildi.
Mutasaddilarga ko‘makka muhtoj oila sifatida tanlab olingan 25 ta xonadonda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni hal etish, xususan, uy-joy qurish, turar-joylarni ta’mirlash, ishsizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolatish hamda bog‘cha yoshidagi farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish vazifalari topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz