Termiz shahri va ikki tumanda obyektlar qurilishi bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Termiz shahri, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, turar-joylar, ijtimoiy soha va boshqa turdagi obyektlar barpo etilishi bilan tanishdi.

Dastlab, Termiz shahrida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo viloyati filiali binosini rekonstruksiya qilish ob’ektida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, Termiz tumani Yangiobod mahallasida jami 50 gektardan ortiq maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar, turar joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqa binolar qurilishi bilan tanishildi. Mas’ullar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib, taqdimotlar bilan tanishtirdi.

Keyingi manzilda, tumanning Qoraxon mahallasida joylashgan 11-sonli maktabning 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi, shuningdek, maktabda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayonlarining borishi bilan tanishildi. Viloyat rahbari ta’lim-tarbiya ishlarini sifatli tashkil etish, zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalarni berdi.

Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Jarqo‘rg‘on tumanida davom etdi. Tumanga tashrif avvalida Zartepa mahallasida “Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi doirasida 3 ta transformator punkti, 200 dona beton ustun, 6,5 km yopiq elektr kabellari va ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlarining borishi bilan tanishildi. Shuningdek, Do‘stlik mahallasida joylashgan 7-sonli maktabning umumiy qiymati 2 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga qurilish ta’mirlash ishlarini sifatli olib borish, loyihalarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirishni nazoratga olish vazifalari topshirildi.

Tumanga tashrif yakunida Qorayontoq mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar hamda tadbirkorlik obyektlari qurilishi ko‘zdan kechirilib, shu yerning o‘zida viloyatda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar soha mutasaddilari hamda shahar va tumanlar hokimlarining masalaga mas’ul o‘rinbosarlari ishtirokida muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.