Prezident topshirig‘i amalda: Surxondaryoda 23 mingdan ortiq oila kambag‘allikdan chiqariladi
Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo viloyatida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi 23,3 mingta oila 4 700 dan ortiq mutasaddilarga biriktirildi. Shuningdek, viloyatda nisbatan kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Muzrabot tumani yangi tizimni amalga oshirishda namunali hudud sifatida tanlab olindi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida “Kambag‘allikdan farovon sari” dasturiga muvofiq aholini qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Unda shuningdek, shahar va tumanlar studiyalari orqali hududlardagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilar ham ishtirok etdi.
Muhokamalar yakunida barcha darajadagi rahbarlar o‘zlariga biriktirilgan oilalar bilan ishlashni asosiy vazifasi deb bilib, ishlarni tizimli va sifatli tashkil etishi lozimligi ta’kidlanib, mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz