Surxondaryo viloyati hokimi Xitoy kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Bugun viloyat hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei Tongye Metallurgical Science and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bosh direktori Jang Shuyeting boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryoda mazkur kompaniyaning O‘rta Osiyodagi shtabini hamda mahsulotini yig‘ish korxonasini tashkil etish, uzoq muddatli foyda keltiradigan katta bozor va hamkorlikda ishlaydigan sanoat korxonalari bilan tanishish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida axborot berildi.

Xitoyning mazkur kompaniyasi muhandislik plastmassalari, mashina va mashinalarni kuchli himoya qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi hamda dunyoning 10 ga yaqin davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Uchrashuvda tomonlar sanoat loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.

Uchrashuv yakunida mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan tanishib, ishlab chiqilgan loyihalarni takomillashtirish hamda amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.