Viloyat bo‘ylab avtomobil yo‘llarining ta’mirlanishi o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftaning dushanba kuni uchun belgilangan ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on va Saxovat mahallalarida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi jarayoni bilan tanishildi.

Shuningdek, qurilish sohasi mutasaddilari, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari hamda ko‘p qavatli uy-joylar quruvchilari bilan loyihalarning borishi muhokama qilindi. Obyektlar qurilishini jadallashtirish, sifatli olib borish hamda belgilangan muddatda yakuniga yetkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari sektor rahbarlari, qurilish sohasi mutasaddilari hamda yo‘lsozlar bilan Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlaridan o‘tuvchi 4R-100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining 11-126 km qismini joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishildi. Yo‘nalish bo‘ylab yo‘llarning holati ko‘zdan kechirildi. Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash, yo‘lbo‘yi hududlarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mahalla va qishloqlarni obod manzillarga aylantirish vazifalari topshirildi.

Tashrif davomida Bandixon tumani Obikor mahallasida joylashgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli “Yong‘in qutqaruv” binosi bilan tanishildi hamda obyektni ishga tushirish uchun tashkiliy masalalarni hal qilish topshirig‘i berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.