Surxondaryoda uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va viloyatdagi 865 ta saylov uchastkasi uchun 9 ming 451 a’zodan iborat tarkibi tasdiqlandi.
Nomzodlar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, “E-saylov” tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 47 foizi xotin-qizlardir. A'zolarning 84 foizi oldingi saylovlarda ham ishtirok etib, saylov qonunchiligidan yetarli tushuncha to‘plagan tajribali a’zolar bo‘lsa, 16 foizi saylov komissiyalari faoliyatida ilk marta qatnashmoqda.
Ma’lumot uchun, bu yilgi muhim siyosiy kampaniyada viloyatdagi saylov uchastkalaridan 1 million 669 mingdan ortiq saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz