«TERMEZ CARGO CENTRE» transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishildi
Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz tumanida joylashgan «TERMEZ CARGO CENTRE» transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi. Markaz qariyb 50 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, har biri 6 ming kv metr bo‘lgan 4 ta angarga ega umumiy 1,5 ming tonna omborni o‘z ichiga oladi.
Viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov Novosibirsk gubernatoriga hududni tanishtirar ekan, markaz O‘zbekistondan nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki, dunyoning boshqa mamlakatlariga ham mahsulotlarni xavfsiz va ishonchli yetkazishda muhim logistika obyekti sanalishini ta’kidladi.
Xususan, kelgusida hudud rahbarlari o‘zaro tovarlar eksportida ham mahsulotlarni saralash, saqlash va yetkazib berishda ushbu transport-logistika markazi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkinligini qayd etishdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz