Biriktirilgan oilalar bilan ishlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini namunali tashkil etish maqsadida tanlab olingan Muzrabot tumanida bo‘lib, mutasaddilarga biriktirilgan xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, 14-sentabr kuni o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, tumanning Oriyat mahallasidagi xonadonlarga tashrif buyurgan viloyat rahbari, oilalarning mavjud muammolarini o‘rgandi hamda mas’ullarga davolanish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, moddiy yordam ajratish, bandlik kabi masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, tumandagi 17-, 23-, 39-, 51-sonli maktablar hamda 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari hamda ko‘mir zaxirasini saqlash ishlari bilan tanishildi. Ayrim ta’lim maskanlarida ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi tanqid qilinib, tuman mutasaddilariga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Soha mas’ullari va tuman rahbarlariga bir hafta muddatda ishlarni joy-joyiga qo‘yish, kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, isitish qozonlarining to‘liq ishlashini ta’minlash vazifalari topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.