Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘onda turizm, madaniyat, ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlaridagi ishlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli Oqqo‘rg‘on madaniyat markazida ta’mirlash ishlari bilan tanishishdan boshladi. Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish vazifasi topshirildi.

Shundan so‘ng, hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘onda davom ettirgan viloyat rahbari tumandagi Madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishdi.

Keyingi manzilda, Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumida viloyat mahalliy budjetidan ajratilgan 200 mln so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilingan kutubxonadagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga kitob fondini boyitish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. 

Shuningdek, tumanning 2-son kasb-hunar maktabiga “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ta’lim maskanining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida olib kelingan 6 ta “Damas” avtomashinasi topshirildi hamda kasb-hunar maktabida tashkil etilgan “Yosh oilalar” maktabi va xotin-qizlarni tikuvchilikka o‘qitish kurslari faoliyati bilan tanishildi.

Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida vohamizda turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan va mehmonxonalar qurayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarning bir qancha masalasi, jumladan, kredit ajratish, kommunikatsiyalar bilan taminlash va boshqa muammolari hal qilindi. Mutasaddilarga ko‘tarilgan masalalarni hal etish, bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Tashrif yakunida “Qumqo‘rg‘on paxta zavodi”da paxta hosilini qabul qilish jarayonlari, tarozixona faoliyati bilan ham tanishildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.