Uzunda loyihalar bilan tanishildi hamda ijro intizomi muhokama qilindi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar hamda loyihalar qurilishi bilan tanishish maqsadida Uzun tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab, tumanning “O‘zbekiston” mahallasida ko‘p qavatli turar joylar qurish loyiha taklifi bilan tanishildi. “Kapital Golden” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan taklif etilayotgan 2 ta 7 qavatli turar joylar kompleksi qurish loyihasi yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda qurilishni shaharsozlik normalariga asosan amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, “B.Omonov” bog‘i negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qariyb 4,5 mlrd so‘mlik loyiha asosida bunyod etilayotgan Agentlik bog‘idagi qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishildi hamda ushbu bog‘ hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yoshlar va turizm ko‘chasi” loyihasi taqdimot qilindi.
Keyingi manzilda viloyat rahbari “Uzun Neuromed” xususiy korxonasi tomonidan barpo etilayotgan tibbiy diagnostika tashxis va davolash markazi qurilishi bilan tanishdi. Umumiy qiymati 10 mlrd so‘mni tashkil etuvchi markaz 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya davlatlaridan keltirilgan tibbiy asbob-uskuna va texnologiyalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari tuman tibbiyot birlashmasi hududida “Technology Team” MChJ tomonidan quvvati 400 kVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi va Yangi kuch mahallasida tashkil etilgan “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyati, mavjud imoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi ko‘makka muhtoj oila xonadoniga tashrif buyurilib, mavjud muammolari o‘rganildi. Mutasaddilarga oilaning davolanish va boshqa muammolarini hal etish topshirig‘i berildi.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifi davomida Uzun tumani hokimligida videokonfrensaloqa shaklida viloyatda “Kambag‘allikdan farvonlik sari” dasturiga asosan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, ijro intizomi, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarning hal etilishi hamda Sarisoiyo tumani “Yangi O‘zbekiston”massivida turar joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishini muhokama qildi. Mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz