To‘rtta tumanda g‘alla ekish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 2025-yilgi g‘alla hosili uchun don ekish ishlariga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etdi.

Viloyat rahbari fermerlar bilan suhbatda bo‘lib, ularga yerlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzgi boshoqli don ekinlarini qisqa muddatda sifatli ekish, sug‘orish va to‘liq undirib olish muhimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, seminarlarda paxta yig‘im-terim ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi. Paxta terimi jarayonlarini jadallashtirish, mehnat resurslarini samarali taqsimlash va texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Paxta maydonlarida mavjud hosilni nest-nebud qilmasdan terib olish vazifalari belgilab olindi.

Mazkur tadbirlar viloyat qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlarning bir qismi bo‘lib, 2025-yilgi hosilning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.