Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan tashrif buyurgan taniqli olim va ulamolar qatnashmoqda.
Anjumanda, shuningdek, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimi “Surxondaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda hamda “Ishonch” teleradiokompaniyasi orqali jarayonlardan reportajlar berib borilmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz