Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi
Xabar berganimizdek, bugun “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, "Airitom free zone", O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari hamda Uzkimyosanoat uyushmalari hamkorligida tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, xolding kompaniyalari hamda ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Afg‘oniston davlatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari qatnashishdi.
Viloyat rahbari tadbirni ochib berar ekan, respublikamizda ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat salohiyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilib, samarali choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi hamda xalqaro savdo markazi Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim maydonga aylanganini qayd etdi.
Shuningdek, Afg‘oniston tomonidan so‘zga chiqqan rasmiylar bu kabi yirik sanoat yarmarkasining Termiz xalqaro savdo markazi hududida tashkil etilishi, afg‘on tadbirkorlari uchun berilayotgan yana bir imkoniyat ekanligini qayd etdi.
Ikki kun davom etadigan tadbirdan ko‘zlangan maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishdan iborat.
Ma’lumot uchun, mazkur sanoat yaramarkasida 200 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar hamda respublikamizning 5 ta tarmoq korxonalari o‘zlarining ishlab chiqarayotgan 500 turdagi sanoat mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz