Vohamizning sakkizta hududida “Namunali madaniyat markazlari” foydalanishga topshirildi
Davlatimiz Rahbari ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalari xodimlari bilan uchrashuvida “Kuchli ma’naviyat bilan Yangi O‘zbekiston sari” g‘oyasini ilgari surib, yoshlarimizning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida har bir hududda kutubxona, kinoteatr va tomosha zallarini tashkil etish topshirig‘ini bergan edilar.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizning har bir hududidan bittadan, jami 15 ta madaniyat markazi tanlab olinib, “Namunali madaniyat markazi”ga aylantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bugun ulardan 8 tasi foydalanishga topshirildi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi namunali madaniyat markazi ochilishida ishtirok etdi. Shuningdek, Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Denov va Termiz tumanlaridagi namunali madaniyat markazlarining ochilish tadbirlari ham videokonfrensaloqa orqali o‘tkazildi.
Viloyat rahbari nuroniylar, jamoatchilik faollari, madaniyat sohasi xodimlari hamda mutasaddilar bilan madaniyat markazida yaratilgan sharoitlar, yoshlar uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan tanishdi. Tadbir ishtirokchilari yaratib berilgan bu kabi qulayliklar uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Shundan so‘ng, yaqinda ish boshlagan, BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi”ning sharoitlari bilan tanishildi. Mazkur yangi markaz alohida kompleks sifatida faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ingliz tilida turli mavzularda munozaralar o‘tkazish, kitob mutolaa qilish hamda kompyuter laboratoriyasi, yuridik klinika, multimedia xonalari zamonaviy elektron va boshqa qurilmalar, mebel jihozlari bilan ta’minlangan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz