Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov migratsiyadan qaytgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot shahar va tumanlar studiyalari orqali tashkil etilib, unda tegishli mutasaddilar, hokim yordamchilari hamda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan, migratsiyadan qaytgan fuqarolar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan umummilliy harakatga aylangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida migratsiyadan qaytgan fuqarolarni doimiy daromad keltiradigan faoliyat bilan band qilish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanishi ta’kidlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida migratsiyadan qaytgan 2 184 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan bo‘lib, ularning 664 nafari xizmat ko‘rsatish, 669 nafari ishlab chiqarish va 1 451 nafari qishloq xo‘jaligi sohasida o'z loyihasini amalga oshirishni maqsad qilgan. Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishchi o‘rinlari yaratish, aholining ijtimoiy farovonligini oshirish hamda viloyatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda bildirilgan taklif va loyihalar bo‘yicha barcha zarur resurs va imkoniyatlarni safarbar qilish haqida ham aniq ko‘rsatmalar berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz