Termiz shahrida binolar qurilishi bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun qurilish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish ishlarini Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on mahallasi hududida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi uchun barpo etilayotgan bino qurilishidan boshladi. Loyiha qiymati 5,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi obyekt qurilishi “Barls stroy” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi sobiq “Mehribonlik uyi” o‘rnida tashkil etilayotgan 2-sonli IDUMning umumiy qiymati 6,7 mlrd so‘mlik 288 o‘rinli o‘quv binolari qurilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK rahbari mazkur maktab va “Alpomish” o‘yingohida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan axborot berdi.
Keyingi manzilda Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino negizida “IT-park” va “IT-akademiya” filialini tashkil qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishildi.
Viloyat rahbari obyektlar mutasaddilarga qurilish-pudratchilari bilan ishlab, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, obyektlarda ishlarni sifatli yakunlab, qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish vazifalarini belgilab berdi.
Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hududlarda davom etmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz