Surxondaryoda 100 dan ortiq ijtimoiy va infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ish kuni avvalida Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Massivda qurilish ishlarining reja asosida olib borilayotganligi hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, Termiz shahri "Farovon" massivida "Surxon Fortuna Termiz" MChJ tomonidan qurilishi tugallangan 7 qavatli, 84 xonadonli turar joylarning sharoitlari bilan tanishildi. Bu uylar yaqin orada o‘z egalariga topshirilishi belgilandi. Massivda qurilish ishlarining reja asosida olib borilayotganligi hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Viloyat rahbari Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi Surxondaryo viloyati filialining yangidan qurilgan binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi. Markaz zamonaviy sud-tibbiy ekspertiza jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, soha rivojini yangi bosqichga olib chiqishda xizmat qiladi. Shuningdek, bugunning o‘zida viloyat bo‘ylab 74 ta maktab, 8 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasalari, 20 km uzunlikdagi 9 ta yo‘l obyekti, 1 ta ko‘prik va 3 ta irrigatsiya ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
O‘rganish ishlari yakunida viloyat rahbari Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi bilan tanishib, oliygohning majlislar zalida qurilish sohasida davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axborotlarini tingladi. Viloyat rahbari mutasaddilarga sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilab berdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz