Surxondaryo viloyati hokimi Qiziriq va Boysun tumanlariga tashrif buyurdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, 1-3-sektoridagi ajrimlar ko‘p qayd etilgan mahallalar mas'ullari va ajrim yoqasidagi oilalar bilan 3-sektor shtabi binosida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oila muqaddasligi, uning ahamiyati va saqlanishi lozimligi haqida so‘z yuritilib, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan alohida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida oilalarning mavjud mummo va masalalari o'rganildi. Mutasaddilarga oilalarning mavjud ijtimoiy muammolarini hal qilish va taraflarni yarashtirish vazifalari belgilab berildi.

Shundan so‘ng, tumandagi “Istara” dehqon va buyum bozori atrofidagi kollektorlarni zamonaviy usulda yopgan holda savdo nuqtalari tashkil etish bo‘yicha boshlangan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Viloyat rahbari kollektorlarni zamonavi tipda yopish, betonlash orqali sizot suvlarning chiqib ketishini ta’minlash hamda ustidan obyektlar qurilishini sifatli amalga oshirish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, Pulhokim mahallasida 2,5 km ichki yo‘lni ta'mirlash va asfaltlash ishlariga start berish tadbirida ishtirok etdi. Ushbu yo‘l loyihasi mahalla aholisi uchun qulaylik yaratib, turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi hamda ko‘p yillik muammo o‘z yechimini topadi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Pulhokim mahallasidagi 28-sonli, Dashtig‘oz mahallasidagi 31-sonli, Inkabod mahallasidagi 27-sonli hamda Kofrun mahallasidagi 32-sonli maktablarda faollar va nuroniylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar avvalida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish, xususan, yo‘l, suv va boshqa kommunal xizmatlarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, nuroniylar bilan suhbat davomida hududlardagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlari yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi. Nuroniylar Prezidentimizning o‘z vakillari orqali eng chekka hududlar aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratayotgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.