Maktablarga oliygohlarni biriktirish tajribasining samaradorligi bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha oliygohlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur tajriba maktablar va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va o‘quv jarayoni sifatini yanada yuqori darajaga olib chiqish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan 22-, 30- va 31-sonli, Termiz davlat universitetiga biriktirilgan 54- va 55-sonli, Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga biriktirilgan 44-sonli, Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga biriktirilgan 13- va 12-sonli, Termiz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan 5- va 9-sonli maktablarda oliygohlar tomonidan pedagogik yordam ko‘rsatish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirish, kasbiy yo‘nalishlarni tanlashga tayyorlash, ularni turli kasb-hunar to‘garaklariga jalb qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tashrif doirasida har bir maktabda oliygohlar bilan hamkorlik samaradorligi muhokama qilindi va ularning o‘quv jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari maktablar va oliygohlar o‘rtasidagi bunday hamkorlik o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish va o‘quvchilarning ta’lim sifatini yaxshilashda muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, tuman hokimligi majlislar zalida videokonfrensaloqa orqali yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Unda soha va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi. Shuningdek, Oltinsoy tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga muhokama qilingan masalalar yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Tashrif yakunida viloyat rahbari 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. 1972-yilda qurilgan, qoniqarsiz sharoitga kelib qolgan bog‘chani qayta qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz