Aziz Vatan himoyachilari, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida milliy armiyamiz nufuzi xalqaro maydonda kun sayin yuksalib borayotgani har bir O‘zbekiston fuqarosining qalbiga ulkan g‘urur bag‘ishlaydi.

Osoyishta Vatanimizda buyuk ne’mat – tinchlik-xotirjamlik mangu barqaror bo‘lsin. Yurtimizda har bir inson, har bir oila orzu-umidlariga erishib, farzandlarining rohat-farog‘atini ko‘rib yurishiga tilakdoshman.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinchlik va xotirjamlik tilayman. Har biringizning oilangizga fayzu baraka, hayotingizda zafar va ulkan yutuqlar yor bo‘lsin. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va farovonligi yo‘lidagi xizmatingiz doimo muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan posbonlari!

 

Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.