Qumqoʼrgʼonda mavsum ilgʼorlari taqdirlandi

Tadbirda soʼzga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov erishilgan bu ulkan yutuq zamirida qumqoʼrgʼonliklarning gʼayrat-shijoati, mirishkorlik fazilatlari mujassam ekanligini taʼkidlab, klaster, fermerlar, ularga yordam bergan korxona va tashkilotlar, tumanning barcha mehnatkashlariga minnatdorchilik bildirdi.

Joriy yilda tumanda "Termiz-Jayhun" klasteri hamda 133 ta fermer xoʼjaligi tomonidan 7 ming 952 gektar yer maydoniga chigit ekilib, 27 ming 470 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi.

Tadbirda mavsumda faollik koʼrsatgan mehnat faxriylari, klaster va fermer xoʼjaliklari rahbarlariga esdalik sovgʼalari topshirildi. Sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar bayram dasturxoniga oʼzgacha shukuh bagʼishladi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.