Oliy Majlisi Senatining oʼn toʼqqizinchi yalpi majlisi videokonferentsaloqa shaklida oʼtkazildi

Majlis videokonferentsaloqa shaklida oʼtkazildi. Unda Surxondaryo viloyatidan saylangan senatorlar va boshqa masʼullar viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Toʼra Bobolov boshchiligida viloyat hokimligi studiyasidan ishtirok etdi.

Yalpi majlisda bir qator masalalar koʼrib chiqildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining birinchi yarim yillik yakunlari boʼyicha ijrosi toʼgʼrisidagi, Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisobotlari eshitildi.

Bundan tashqari, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasi raisining faoliyati toʼgʼrisidagi axboroti muhokama qilindi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashdagi dolzarb muammolar, oqova suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan kamchiliklarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʼrovlari natijalari koʼrib chiqildi.

Shuning bilan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʼn toʼqqizinchi yalpi majlisi birinchi ish kuni yakunlandi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.