Surxondaryo viloyati hokimligi
Superkontraktning minimal miqdorlari belgilandi

Bu narxlar o‘tish balliga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan yuqori ball to‘plagan abiturientlar uchun hisoblanadi. Superkontraktni hisoblashda bazaviy kontraktning stipendiyasiz miqdori hisoblanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlangani (PDF) haqida xabar qildi.

«Superkontraktning minimal miqdorlari 2021/2022 o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan olingan», deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, superkontraktlarning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 o‘quv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abiturientlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilangan.

Super-kontraktda 0,05 ball uchun yengillik berildi

Joriy yilda istisno tariqasida (https://t.me/eduuz/6330) super-kontrakt miqdorini arzonlashtirilgan holda to‘lanadigan 4 ballik chegarada 0,05 ball qo‘shiladigan bo‘ldi. Ya’ni:

  • 1,05 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2,0 barobari;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3,0 barobari.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog`lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.