Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolovning Oʼqituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi

 

Qadrli ustozlar,
Аziz oʼqituvchi va murabbiylar,
Аvvalo, barchangizni xalqimizning umumxalq bayrami - Oʼqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
1 oktyabrь sanasi yaqinlashgan sari har birimiz bolaligimizni, eng avvalo, birinchi oʼqituvchimiz va qadrdon maktabimizni koʼz oldimizga keltiramiz.
Ilk bor qoʼlimizdan tutib, ota-ona, Vatan, ustoz degan muqaddas soʼzlarni oʼrgatgan, saboq bergan Siz – mehridaryo ustozlarimiz oldida bir umr qarzdor ekanimiz ham ayni haqiqatdir.
Chunki, murgʼak qalblarga ilm-maʼrifat ulashadigan, har bir bolani oʼzining farzandidek koʼrib, ardoqlab, taʼlim-tarbiya beradigan Siz, aziz oʼqituvchi va murabbiylar mehnati chindan ham fidoyilik namunasidir.
Bu yilgi oʼqituvchi va murabbiylar kuni tantanalari hali Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari qalbimizni quvonchga toʼldirib turgan ulugʼ ayyom kunlarida, muhim siyosiy jarayon ostonasida, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro miqyosda nufuzi yuksalib borayotgan bir davrda boʼlib oʼtayotgani har birimizga iftixor baxsh etmoqda.
Аziz ustozlar!
Yurtimiz taʼlim sohasi ham davlatimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda yuksalib, yangilanib borayotgani farzandlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor boʼlayotir.
Xalqimizda “Maktab taqdiri – millat taqdiri” degan purmaʼno gap bor. Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz va Hukumatimiz xalq taʼlimini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratib kelmoqda. Bu nafaqat soha xodimlari, balki koʼp ming sonli oʼquvchilarimiz va ularning ota-onalarini behad quvontirmoqda.
Barchamiz oʼz faoliyatimizda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Maktab masalasi – bu kelajak masalasi, taʼbir joiz boʼlsa, hayot-mamot masalasi” degan iboralarining maʼnosini chuqur anglab, ishimizni shu asosda tashkil etsak, men oʼylaymanki, taʼlim sohasida koʼzlangan maqsadga, albatta, erishamiz.
Keyingi 5 yilda yurtimiz taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohot va yangilanishlarni koʼz oldimizdan oʼtkazadigan boʼlsak, yosh avlod kelajagi yoʼlida asrlarga tatigulik ishlar boʼy koʼrsatadi.
Misol uchun, ota-onalar va jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining oʼn bir yillik majburiy taʼlimga oʼtkazilishi, oʼqituvchilarimizning turli majburiy mehnatlarga jalb etilmasligi, ularning oylik maoshlari bir necha baravarga oshgani ham sohaga koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlikning amaliy namunasidir.
Bu boradagi ishlar tahliliga eʼtibor qaratsak, bugun nafaqat maktab, balki maktabgacha, oʼrta maxsus va oliy taʼlimda ham katta oʼzgarishlar yuz berganining guvohi boʼlamiz.
Viloyatda keyingi 4 yilda maktabgacha taʼlim muassasalari soni 294 tadan
1 648 taga, yaʼni salkam 6 barobarga ortdi. Oʼz navbatida, qamrov ham 29 ming
254 nafardan 113 ming 878 nafarga oshdi. Yaʼni qamrov 13,6%dan 46,6 %ga koʼtarilib, 33%ga oshgan.
Bugungi kunda viloyatimizda 57 ta professional taʼlim muassasasi mavjud boʼlib, unda 14 ming 528 nafar oʼquvchi 107 ta kasb va mutaxassisliklar boʼyicha taʼlim olishmoqda.
Oliy taʼlim sohasida ham misli koʼrilmagan oʼzgarishlar yuz berdi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Maʼlumki, viloyatimizda bundan 4 yil oldin bor-yoʼgʼi 1 ta oliy taʼlim muassasasi boʼlib, unda 6500 nafar talaba oʼqir edi. Hozirga kelib oliy taʼlim muassasalarimiz soni 6 taga, undagi talabalar soni esa 37 ming nafarga yetgani sir emas.
Bundan tashqari, Hurmatli Prezidentimizning joriy yil 1-2 iyunь kunlari viloyatimizga tashrifi chogʼida bergan topshiriqlariga asosan Аgrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini hamda Termiz muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish yuzasidan ishlar olib borilayapti.
Qadrli murabbiylar va ustozlar!
Аziz vohadoshlar!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning alohida eʼtibori tufayli farzandlar taʼlim-tarbiyaci uchun xalqaro andozalarga mos sharoit yaratilayapti, oʼqituvchi va murabbiylarimizning ijtimoiy ahvoli tobora yaxshilanib bormoqda, desak bu ham ayni haqiqat.
Viloyatda oʼquvchilarni 5 ta muhim tashabbusga toʼliq jalb etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Murod Saraosiyo, [01.10.21 10:16]
Mana shu islohotlarning samarasi sifatida bu yil umumtaʼlim maktablarimizda aʼlo baholarga oʼqigan 515 nafar bitiruvchi oltin va 161 nafar oʼquvchi kumush medalь olishga muvaffaq boʼlgani, Respublika fan olimpiadasida esa 3 nafar oʼquvchimiz gʼolib boʼlgani, 100 dan oshiq 11-sinf oʼquvchimiz xorijning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda muddatidan oldin oʼqishga kirgani barchamizni quvontirgani shubhasiz.
Qolaversa, joriy yilda mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirgan bitiruvchilarimiz salmogʼi oʼtgan yilgi 6,8 foizga nisbatan 2,5 baravarga koʼpayib, 19 foizga yetgani ham Siz, aziz fidoyi ustozlarimiz mehnatining samarasi, desam mubolagʼa boʼlmaydi.
Bugun oʼquvchilarimiz Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida ham yaxshi natijalarga erishib, oltin, bronza va kumush medallarga sazovar boʼlayotganini eʼtirof etish joiz.
Jumladan, Osiyo birinchiligida 5 oʼquvchimiz oltin va bronza, Oʼzbekiston kubogi musobaqasida 71 nafari oltin, kumush va bronza, Oʼzbekiston chempionatida 389 nafari oltin, kumush va bronza medallari sohibi boʼldi.
Yoshlarimizning bunday yuksak natijalarida Siz, azizlarning xizmatingiz beqiyosdir. Аna shunday fidoyi muallimlarimizdan Uzun tumanidagi 3-sonli maktab-internatning biologiya fani oʼqituvchisi Muzaffar Rajabov “Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti laureati” respublika koʼrik-tanlovida 3-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn festivalda Shoʼrchi tumanidagi 21-sonli maktabning rus tili fani oʼqituvchisi Аlьbina Saloxiddinova “Eng yaxshi dars ishlanmasi” nominatsiyasi gʼolibi boʼldi. “Oʼzbek tili va adabiyotini oʼqitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya, amaliyot” mavzusidagi Xalqaro konferentsiyada Termiz shahridagi 23-sonli maktab oʼqituvchisi Dilbar Nurmuhamedova ona tili fani yoʼnalishi boʼyicha eng yaxshi maqola muallifi sifatida eʼtirof etildi.
Bundan keyin ham fidoyi ustozlarimiz va iqtidorli oʼquvchilarimizning turli tanlov va musobaqalarda oʼz mahoratini munosib namoyish etishiga ishonamiz.
Qadrli ustozlar!
2021-2022 oʼquv yilidan viloyatimizda 15 ta chet tili, 5 ta matematika, 3 ta kimyo va biologiya, 6 ta informatika va axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashgan maktablar faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Natijada viloyatimizdagi fanlarni chuqur oʼrganishga ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlar soni 50 taga yetdi.
Bugungi kunda 901 ta (97 foiz) umumtaʼlim maktabimiz toʼliq zamonaviy kompьyuter bilan, 931 ta (100 %) maktab optik tolali aloqa liniyalari bilan taʼminlandi.
Bu yil viloyatimizda Investitsiya dasturiga binoan 3 ta yangi maktab binosi qurildi, 29 ta maktab kapital rekonstruktsiya qilindi, 2 ta maktab kapital taʼmirlanib, 163 milliard soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga binoan 29 ta maktabda 79 milliard 9 million soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi.
Termiz shahrida Respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan 40 milliard soʼm mablagʼ hisobiga 168 oʼrinli Prezident maktabi barpo etilmoqda. Mazkur taʼlim muassasasiga 144 nafar oʼquvchi oʼqishga qabul qilindi.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Zamon shiddati tezlashib, oldimizga bir-biridan oʼtkir va murakkab masalalarni qoʼyayotgan bugungi davrda yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak maʼnaviyat va maʼrifat asosida shakllantirish barchamizdan yanada masʼuliyat talab etmoqda.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Siz, hurmatli oʼqituvchi va murabbiylar farzandlarimizning Vatanga sadoqatli, ilmli, kasb-hunarli boʼlib kamol topishi yoʼlida bor bilim va tajribangizni ayamaysizlar.
Biz esa Siz, azizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingizni munosib qadrlashga, Sizlar bilan bir safda turib, yelkama-elka faoliyat olib borishga, qoʼllab-quvvatlashga hamisha tayyormiz.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Fursatdan foydalanib, Sizlarni, Sizlar orqali viloyatimizda taʼlim sohasida faoliyat koʼrsatayotgan barcha oʼqituvchilarni, murabbiylarni va ustozlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Doimo sogʼ-omon boʼling, aziz ustozlar!

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.